2018-2022-yillar davomida jami 1502 nafar iqtidorli va istiqbolli yoshlar hamda soha mutaxassislari “El-yurt umidi” jamg'armasi stipendiati sifatida xorijda ta'lim oldi, stajirovka o'tadi.

Stipendiatlar dunyoning jami 40 dan ortiq davlatida, jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya kabi ilg'or mamlakatlarning 330 dan

ziyod universitetlari, ilmiy markazlari va nufuzli kompaniyalarida ta'lim oldi.

Bugungi kunda 1062 nafar stipendiatlar mamlakatimizga qaytib keldi.

Ayni damda ular ta'lim, sog'liqni saqlash, davlat va xo'jalik boshqaruvi hamda iqtisodiyotning turli soha, tarmoqlarida samarali faoliyat olib bormoqda.