O.Fayziyev 1982-yil Buxoro viloyatida tugʻilgan. U 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda bank sohasida boshlab, 2009-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi tizimida, 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida, 2019-2022-yillarda Davlat soliq qoʻmitasida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, departament direktori, 2023-yildan tayinlovga qadar Agentlikning Sugʻurta bozorini rivojlantirish departamenti boshligʻi lavozimida olib borgan.