Ilk bor tashkil etilayotgan mazkur Olimpiadada respublikaning 14 ta IT-maktablaridan jami 770 nafar 6-11 sinf oʻquvchilari ishtirok etdi.

IT-maktablar oʻrtasida tashkil etilgan olimpiada musobaqalari 2 bosqichda, yaʼni maktab va respublika darajasida oʻtkazildi (9-11 sinflar uchun sport dasturlash, 6-8 sinflar uchun Computer Science, 6-8 va 9-11 sinflar uchun IT-Beshkurash) hamda 1-bosqichdan saralab olingan 54 nafar maktab oʻquvchilari 2-bosqichda oʻzaro kuch sinashdilar.

Har bir yoʻnalish boʻyicha 1-,2-,3-oʻrin gʻoliblarini munosib taqdirlash va ragʻbatlantirish maqsadida, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan noutbuk, kitoblar toʻplami hamda IT Park tomonidan sertifikat, esdalik sovgʻalari topshirildi.