Qayd etilishicha, Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev hamda Italiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Piergabriele Papadia de Bottini oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqotda, Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni xonimning joriy yil 29-maydagi mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan — Migratsiya va mobillik toʻgʻrisidagi Anglashuv memorandumining ijrosi va amaliyotga joriy qilish masalasi koʻrib chiqildi.
Imzolangan Anglashuv memorandumi — tarixiy hujjat, uni ustida juda koʻp ishlandi, kelishuvni tezroq hayotga tatbiq qilish tarafdoriman. Migratsiya muhim yoʻnalish sanaladi, Oʻzbekiston esa bu sohadagi boy tajribasi bilan Markaziy Osiyodagi hamkorlar uchun namuna boʻla oladi , — dedi Italiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Piergabriele Papadia de Bottini
Shuningdek, Italiyada muhandislik, turizm va qishloq xoʻjaligi kabi sohalarda malakali mutaxassislarga talab yuqori ekanligi qayd etildi. Italiya tomoni 2026-yildan boshlab, oʻzbekistonliklarga 1500 ta boʻsh ish oʻrni uchun kvota ajratilganligini maʼlum qildi.