Bu haqda u BMT Bosh Assambleyasi yig'ilishida jurnalistlarga ma'lum qildi.
“Hukmron ko'pchilik parlamentga Falastinni tan olish ikki shartning bajarilishiga bog'liqligini ko'rsatuvchi rezolyutsiyani taqdim etadi: barcha garovga olinganlarni ozod qilish va HAMASni Falastin boshqaruvidagi har qanday roldan butunlay olib tashlash”, dedi Meloni.
U Falastinning tan olinishiga qarshi emasligini, biroq buning uchun “suverenitet uchun rekvizitlar” zarurligini ta'kidladi.
“Agar ular Falastinni tan olish siyosiy bosim vositasi deyishsa, men buni tushunaman, ammo bosim kimga qilinmoqda? Men birlamchi siyosiy bosim HAMASga qaratilishi kerak, deb hisoblayman, chunki HAMAS urushni boshlagan va garovdagilarni ozod qilmasdan turib, uni tugatmayapti”, deydi Meloni.
Avvalroq BMTning Nyu-Yorkdagi idorasida bo'lib o'tgan anjumanda Andorra, Belgiya, Lyuksemburg, Malta, San-Marino va Fransiya Falastin davlatini tan olishini ma'lum qilgan edi. 21-sentabr kuni Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada va Portugaliya Falastinni rasman tan oldi. Ularning bayonotlariga ko'ra, ikki xalq uchun ikki davlat tamoyiliga sodiqlik ham Falastin, ham Isroil xalqlari uchun tinchlik va xavfsizlikning kalitidir, deb xabar berdi tass.ru.









