Italiya kompaniyalarini Oʻzbekistonda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga jalb etish masalasi koʻrib chiqildi

    Investitsiyalar 29 Dekabr 2023 935

    Joriy yil 28-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Italiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Agostino Pinna bilan uchrashdi.

    Tomonlar joriy hamkorlikning dolzarb masalalarini hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlarni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

    Italiya biznesining Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishi taʼkidlandi – soʻnggi yillarda respublikada Italiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni sezilarli darajada oshdi, energetika, metallurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati kabi yangi yoʻnalishlarda aloqalar oʻrnatildi.

    Italiya kompaniyalarini Oʻzbekistonda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga jalb etish maqsadida birgalikda ish olib borishning mexanizmlari koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.