Italiyaning “Team Network” kompaniyasi sement ishlab chiqarish zavodlarini loyihalash, qurilish, fuqarolik va sanoat muhandisligi, logistika, menejment hamda ixtisoslashgan xodimlar tomonidan taqdim etiladigan texnik maslahat xizmatlarini koʻrsatish bilan shugʻullanadi.
Uchrashuvda Surxondaryoda 220 million yevro miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb etish evaziga yiliga 1 million tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod qurish, qurilish uchun Sherobod tumanida 250 gektar yer maydoni ajratish masalalari, shuningdek, loyiha doirasida xorijiy kompaniyaga beriladigan soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar haqida fikr almashildi, de xabar beradi Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Yangi zavodni 2023-yilning 1-choragida ishga tushirish rejalashtirilgan. Zavod 500 kishini ish bilan taʼminlaydi.