Italiya Oʻzbekiston chorvachiligiga 90 mln yevro investitsiya kiritadi

    Agrosektor 12 Iyun 2023 2076

    Italiya chorvadorlar uyushmasi, oʻzbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda, Mirzaobod va Quyi Chirchiq tumanlarida jami 90 mln yevroga teng ikkita loyihani joriy qiladi.

    Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Italiya chorvadorlari uyushmasi oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

    Italiya chorvadorlari uyushmasi oʻz sohasida Yevropadagi eng yirik tashkilot boʻlib, 40 000 aʼzoga ega.

    Tashkilotning 14 ta shaxsiy veterinariya va genetik laboratoriyalari mavjud. Uyushma Oʻzbekiston bilan bir qancha loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik tajribasiga ega.

    Jumladan, Toshkent viloyatida dunyodagi eng yirik quyonchilik fermalaridan birini tashkil etish loyihasini amalga oshirgan.

    Fermer xoʻjaligi negizida har yili 2 million boshgacha quyon boqish, shuningdek, chorva ozuqasi, tabiiy oʻgʻit va goʻsht mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan.