Italiya Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlandi

    Hukumat 29 May 2025 822

    Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Melonining mamlakatimizga amalga oshirgan ikki kunlik rasmiy tashrifi yakunlandi.

    Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.

    Eslatib oʻtamiz, Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston – Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

    Yakunda ikki tomonlama bitimlar toʻplami imzolandi.