Shu kunlarda mazkur dunyo birinchiligida ishtirok etadigan terma jamoalar nomi aniqlanib, roʻyxat asta-sekin toʻlib boryapti. Xususan, unda qatnashadigan yana bir jamoa nomi maʼlum boʻldi. Bu, tarkibida kuchli dzyudochilar boʻlgan dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri – Italiya terma jamoasidir.

Xabarlarga koʻra, Apennin yarim oroli vakillari poytaxtimizga Rio-2016 chempioni Fabio Bazilesiz keladi.

Toʻliq tarkib:

Erkaklar: Angelo Pantano (-60 kg), Matteo Piras va Elios Manzi (-66 kg), Manuyel Lombardo va Jiovanni Esposito (-73 kg), Antonio Esposito (-81 kg), Kristian Parlati va Nikolas Mungai (-90 kg), Lorenso Agro (+100 kg).

Ayollar: Francheska Milani va Assunta Skutto (-48 kg), Odette Guffrida va Martina Kastagnola (-52 kg), Veronika Toniolo (-57 kg), Nikol DʻIsanto (-63 kg), Martina Esposito (-70 kg), Jiorjia Stangerlin (-78 kg), Alice Bellandi (-78 kg).