European Best Destinations portali mutaxassislari tomonidan 2021-yilda turistlar uchun Yevropaning eng chiroyli joylari oʻrganib chiqilganda Italiya va uning poytaxti Rim ikkinchi oʻringa munosib deya eʼtirof etilgan.

Oʻtgan yilning noyabr oyida Britaniyaning “The Sun” nashri tomonidan eʼlon qilingan Travel Awards tanlovida esa Italiya turistlar uchun eng yaxshi davlat deb eʼlon qilindi. Ikkinchi oʻrinda AQSH, uchinchi oʻrinda Gretsiya dam olish uchun munosib joylar sifatida keltirildi.