Mutaxassislarning fikricha, akkumulyatorlarda harakatlanish uglerod chiqindilari va yoqilg'i sarfini ikki baravar kamaytiradi.
Yangi poyezdlar soatiga 160 kilometr tezlikka erisha oladi. Biroq batareyalarda ular 15 kilometrdan ko'p bo'lmagan masofani bosib o'tishlari mumkin. Shuning uchun, avvalo, shaharlar bo'ylab harakatlanayotganda va ularga kiraverishda poyezdlar batareyalarga o'tkaziladi. Ular ikki yildan keyin 100 kilometrdan ortiq masofani bosib o'tadigan elektr poyezdni ishga tushirmoqchi. 2030-yilgacha akkumulyatorlarni to'liq takomillashtirish rejalashtirilgan, deb xabar beradi mir24.tv.