Qayd etilishicha, 16 metrlik qayiqda tug'ilgan kunni nishonlagan 25 kishi bo'lgan. Kuchli shamol tufayli qayiq cho'kib ketgan, bortdagilarning hammasi suvga tushib ketgan. Ko'pchilik mustaqil ravishda qirg'oqqacha suzib borishga muvaffaq bo'lgan, yana bir necha kishi qutqarilgan.

Kamida ikki kishi halok bo'lgani va ikki kishi bedarak yo'qolganligi aytilmoqda. Qutqaruvchilarning so'zlariga ko'ra, ularni qidirish ishlari davom etmoqda, ishga vertolyotlar va tez tibbiy yordam samolyotlari jalb qilingan, deyiladi korrespondent.net saytida.