Tarixiy Kastellamare-di-Stabiya shahrini Monte-Faito tog'i bilan bog'lovchi dor yo'lida sodir bo'lgan halokat oqibatida kamida to'rt kishi hayotdan ko'z yumdi, bir kishi bedarak yo'qoldi. Bu haqda 17-aprel, payshanba kuni Daily Mail nashri yozdi.
Nashr ta'kidlaganidek, dor yo'li rasmiy ochilganidan bir hafta o'tib uzilib ketgan.
“Halokat Italiya janubidagi Neapol yaqinida Monte-Faito tog'ida sodir bo'ldi. Kabel uzilib, kabinka to'g'ri o'rmonli qiyalik ustiga qulab tushdi”, deb yozadi nashr.
Ayni vaqtda voqea joyida o't o'chiruvchilar va tog' qutqaruv otryadii ishlamoqda, biroq kuchli shamol va noqulay ob-havo ularning ishini qiyinlashtirayotgani aytilmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.