Mazkur operatsiya sohada inqilob sifatida e'tirof etildi. Ushbu amaliyot yordamida shifokorlar yurak transplantatsiyasi natijalarini yaxshilashlari mumkin.
Hisobotda aytilishicha, bu orqali ishemiya va reperfuzion shikastlanish bartaraf etiladi va operatsiyadan keyingi yurak faoliyatini yaxshilanishi bilan yurak funksiyasining tezroq tiklanishi ta'minlanadi.
Paduya shifoxonasi va universiteti ma'muriyati ma'lumotlariga ko'ra, bemor o'zini yaxshi his qilmoqda. U shifoxonadan chiqish arafasida, deb xabar beradi gazeta.ru.