Italiyada Rim davriga oid qadimgi shahar xarobalari topildi

    Arxeologlar Markaziy Italiyada olib borilgan qazishmalar paytida Yuliy Sezar davriga oid tashlandiq shahar xarobalarini topishdi.

    U Rim va Neapol shaharlari oralig'ida joylashgan bo'lib, bir vaqtlar 2000 ga yaqin aholiga ega obod markaz bo'lgan.

    Mazkur joyda qazish ishlari 2010-yilda boshlangan, ammo natijalari endigina e'lon qilindi. Tadqiqotni Kembrij universiteti mutaxassislari olib borishdi.

    Tarixiy yilnomalarda shahar Interamna Lirenas nomi bilan atalgan. U miloddan avvalgi 312-yilda daryo va asosiy yo'l o'rtasidagi strategik joyda yuzaga kelgan. Shahar Rim bilan ham, Italiyaning janubi bilan ham savdo aloqalarini o'rnatgan, bu uning gullab-yashnashiga xizmat qilgan, deb xabar beradi mir24.tv.