Mintaqada favqulodda holat e'lon qilindi. Sakkiz kishi suv toshqini qurboni bo'ldi.
Minglab odamlar xavfsiz joylarga ko'chirildi. Yuz minglab odamlar elektr va uyali aloqasiz qoldi. Odamlar uylarning tomlari ustida jon saqlay boshladi.
Mamlakat Fuqaro muhofazasi departamenti ob-havo xavfining oxirgi – qizil darajasini e'lon qildi. Italiyaning eng yirik mintaqalaridan biri Emiliya-Romaniya suv ostida qoldi.
“Formula-1” gran-prisi keyinga qoldirildi. Musobaqa Imoli shahri yaqinida o'tkazilishi kerak edi.
Mahalliy matbuotning yozishicha, yaqin kunlarda mamlakat shimolida yana kuchli yomg'ir yog'ishi kutilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.