Madaniyat vazirligi maʼlumotiga koʻra, yigʻilishda Qashqadaryo teatri xalqaro rejissyorlar bilan faol hamkorlik qilgan eng yetakchi teatr sifatida eʼtirof etildi. Bu yutuq assotsiatsiya rahbari tomonidan alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, Italiyaning Silence teatri bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlik doirasida 2026-yilda Qashqadaryo sahnasida italyan rejissyorlari tomonidan yangi spektakllar sahnalashtirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Albaniya va Misr teatrlari bilan ham ijodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.








