Maltada yoshlar oʻrtasidagi (U19) Yevropa chempionati yakuniga yetdi.
Finalda italiyalik yoshlar portugaliyalik tengdoshlarini magʻlub etib, koʻhna qitʼa chempioni boʻldi. Himoyachi Maykl Kayode tomonidan kiritilgan gol Italiya yoshlar jamoasiga 20 yillik tanaffusdan keyin turnir bosh sovrinini keltirdi.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Italiya va Portugaliya yoshlari guruh bosqichida ham uchrashgan va unda portugallar 5:1 hisobida ustun kelgandi.