Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan “Pietro Fiorentini S.p.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshiriladi.
Mazkur loyiha “SACE” (Italiya) davlat eksport-kredit agentligi tomonidan 200 million yevro miqdorida jalb qilinadigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, “HGT Training” oʻquv markazi negizida gaz sohasi uchun ilgʻor Italiya tajribasi asosida yetuk muhandislarni tayyorlash maktabi tashkil etiladi.
Taʼkidlash joizki, “Pietro Fiorentini S.p.A” kompaniyasining 4 ta gaz taqsimlash punktlari tajriba-sinov tariqasida fuqarolarning eng koʻp murojaatlari kelib tushgan Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi “Kattahovuz” mahallasida joriy etildi.
Natijada, ushbu mahallaning gaz taʼminoti tizimini tartibga solinib, 305 ta aholi xonadoni hamda 5 ta ulgurji isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash va real vaqt rejimida texnologik jarayonlarni nazorat qilish imkoniyatini yaratdi.