Kecha Pragada oʻtgan Yevropa Konfederatsiyalar ligasi finalida Italiyaning “Fiorentina” va Angliyaning “Vest Hem” klublari bahslashishdi. 

Qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan uchrashuvda londonliklar  2:1 hisobida gʻalabaga erishib, Konfederatsiyalar ligasi gʻolibi boʻldi.

Esingizda boʻlsa, Yevropa ligasi finalida ham Italiya klubi ishtirok etib, kuboksiz qolgandi. “Roma” Ispaniyaning “Sevilya”siga yutqazgandi.

Italiyaning yana bir jamoasi – “Inter” Yevropa Chempionlar ligasi finalida “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushadi. Xoʻsh, Italiya klubiga bu safar omad kulib boqadimi? Bunga savolga javobni 11-iyun  kuni Istambuda boʻlib oʻtadigan bahsdan soʻng  olamiz.