IT markazlar tomonidan bepul kurslar tashkil etiladi

    Raqamlashtirish 6 Iyul 2021 1944

    Respublika bo‘ylab yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, hozirgi kunda mehribonlik uyida yashaydigan barcha bolalar uchun IT markazlar tomonidan bepul kurslar tashkil etilmoqda.

    Unda axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar kompyuter savodxonligi, veb dasturlash, grafika va dizayn asoslari, Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar, Kibersport: CS: GO, Dota2, FIFA20 kabi yoʻnalishlarda tahsil olishlari mumkin, deya xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.

    Ushbu kurslarga oʻqish uchun mehribonlik uyida vasiylik ostida ekanligingizni tasdiqlaydigan maʼlumotnoma bilan oʻzingiz yashaydigan viloyatdagi eng yaqin IT markazga murojaat qilish kerak.