Uchrashuv doirasida tomonlar quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishdilar:

- ITSM da Webster talabalari amaliyot oʻtashlari uchun imkoniyatlar yaratish;

- Boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot berish;

- “Yetakchilar bilan suhbat” loyihasi doirasida ish safarlari va ITSM rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkillashtirish;

- “Webster uchun maslahat” loyihasini amalga oshirish;

- Webster talabalarini ITSM loyihalariga jalb qilish;

- Qoʻshma tadbirlar, loyiha, seminar-treninglar va davra suhbatlari tashkillashtirish;

Michigan English Test (MET) test sinovlarini oʻtkazish;

va boshqa xalq taʼlimiga oid dolzarb yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish.

Maʼlumot uchun: Amerika Qoʻshma Shtatlarining Toshkentdagi Webster Universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi 4245 sonli qarori asosida tashkil etilgan. Ushbu Universitetda bakalavriatning asosiy 14 ta taʼlim yoʻnalishi va 16 ta magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlanadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ITSM tomonidan talabalar uchun oʻquv seminari oʻtkazildi. Tashkilot vakillari ITSM faoliyati, kelgusi rejalar, amalga oshirilgan loyihalar va amaliyot oʻtash imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdilar, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.