Oʻzbekistonda 2019-yilning iyul oyi eng issiq boʻlib, uning oʻrtacha harorati meʼyordan +2...+4 darajaga yuqori boʻldi.

2018-yil va 2021-yillarning iyul oylari 2019-yil iyul oyining harorat foni boʻyicha yaqin boʻldi. Shu yillarda maksimal havo harorati +40...+43 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda +44...+45 darajagacha koʻtarildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda havo haroratining (+46...+48 daraja) tarixiy maksimumi qayd etildi.

Respublikaning qolgan hududlarida maksimal haroratning mutlaq rekordlari boshqa yillarda oʻrnatildi. Shunday qilib, Toshkentda havo harorati 44,6 darajani tashkil etgan rekord hali ham saqlanib turibti, u 25 yil oldin - 1997-yil iyul oyida qayd etilgan.

2023-yil iyun oyida uzoq vaqt davomida juda issiq ob-havoni kuzatildi. Issiq deyarli oyning boshidan boshlandi va ikkinchi oʻn kunlikning oxirigacha davom etdi.

Iyun oyining oxirgi oʻn kunligi oʻrtalarida issiq sezilarli darajada zaiflashdi va havo harorati qisqa davrga iqlim meʼyoridan pastga tushdi. Oyning oxiriga kelib, havo harorati yana koʻtarila boshladi.

Kelayotgan iyul oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Jahon prognostik markazlarining hisob-kitoblariga asosalangan holda, Oʻzgidrometning dastlabki prognozi boʻyicha iyul oyi juda issiq BOʻLMASLIGI kutilmoqda.

Hududning katta qismida oʻrtacha oylik harorat oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻlishi kutilmoqda va faqat shimolda, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda meʼyordan +1...+1,5 darajaga yuqori boʻladi.

Oʻzbekiston hududida Eron hududlaridan yana issiq havo kirib kelishi hisobiga iyul oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1-3-iyul kunlari havo haroratining qiymatlari +37...+40 darajaga, choʻl hududlarda va respublikaning janubida +41...+43 darajaga yetadi.

Lekin iyul oyi birinchi oʻn kunligining oʻrtalariga kelib, harorat +3...+5 darajaga pasayishi kutilmoqda.

Keyinchalik, oyning oxirigacha havo harorati kechalari +20...+25 daraja atrofida, baʼzi joylarda +27 darajagacha, kunduz kunlari +33...+38 darajagacha, ayrim kunlarda +39...+41 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda +42...+45 darajagacha boʻladi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda, asosan togʻ oldi va togʻli hududlarda, ayrim kunlarda mahalliy qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin.