Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1–2-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

  • Harorat 30-iyunda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja, 1-iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja, 2-iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

  • Harorat 30-iyunda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 1-iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja, 2-iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 30-iyunda 32-37 daraja, 1-2-iyulda 34-39 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

  • Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 30-iyunda 36-41 daraja, 1-2-iyulda 37-42 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 30-iyun – 1-iyulda 32-37 daraja, 2-iyulda 34-39 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 30-iyunda 25-30 daraja, 1-2-iyulda 27-32 daraja boʻladi.