Iyun oyida kuchli magnit bo'ronlari yuz beradi – olimlar

    Quyosh 2024-yilda o'z faolligining eng yuqori cho'qqisiga chiqadi, bu esa Yerda kuchli magnit bo'ronlariga olib keladi.

    Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari va quyosh-yer fizikasi institutlari ma'lum qildi.

    Soha mutaxassislarining fikriga ko'ra, har oy sezilarli bo'ronlar bo'ladi – bir oyda ikki yoki uchta bo'ron yuz beradi.

    Magnit bo'ronlarining cho'qqisi iyun oyida sodir bo'ladi va yil oxiriga kelib faollik pasayishni boshlashi mumkin.

    Yozning birinchi oyi ob-havoga bog'liq odamlar uchun “tashvishli” bo'ladi. Iyun oyida ko'pincha zaif va o'rta kuchga ega bo'lgan magnit bo'ronlar kutilmoqda.

    1 – 3 hamda 8 – 12-iyun kunlari kuchsiz, 16 – 22-iyunda o'rtacha, 23-iyunda esa kuchli magnit bo'roni bo'lishi kutilmoqda. Biroq oyning 28 – 30 kunlari, magnit bo'ronlari ancha zaiflashadi.

    Zulxumor Akbarova