U shu kuni soat 13:00 larda ikki nafar nomaʼlum shaxslar, boshlariga “kepka” kiyib, yuzlariga tibbiy niqob taqib, oʻtkir tigʻli jism bilan qurollanib, uni yashayotgan uyiga devor oshib oʻtish orqali gʻayriqonuniy ravishda kirib, unga hamda qoʻlida boʻlgan voyaga yetmagan 7 oylik farzandi Z.M., ga nisbatan oʻtkir tigʻli jism bilan tahdid qilishib, shikast yetkazish bilan qoʻrqitib, xonadonida boʻlgan pul va moddiy qimmatliklarni berishini talab qilib, jami bahosi 19.000.000 soʻmlik tilla buyumlar,110 AQSH dollari va 1.100.000 soʻm pullarni egallab, hodisa joyidan yashiringanliklarini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan dastlabki tergov davomida, ushbu jinoyatni hech kim sodir etmaganligi, uni xonadon egasi Sh.D. reja asosida qasddan oʻzi uyushtirganligini, bunga sabab qilib, turmush oʻrtogʻi turmushi davomida unga befarq boʻlib, eʼtibor bermayotganligi oqibatida uni oʻziga jalb qilish maqsadida mazkur holatni uyushtirganligi aniqlangan.
Mazkur jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandidan 237-moddasi 1-qismi (yolgʻon xabar berish)ga qayta malakalanib, shu kuning oʻzidayoq Sh.D. gumonlanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.