Shunday ta’sirga duch kelgan kompaniyalardan biri — ilgari mashhur bo‘lgan Qantas Group, aviakompaniyasidir, deb xabar beradi BBC.

“Pandemiyaning aviakompaniyalarga salbiy ta’siri shubhasiz. Koronavirus ko‘plab aviakompaniyalar uchun halokatli bo‘lib, ularning hayotini xavf ostiga qo‘ydi. Ushbu sohani tiklash biroz vaqt talab etadi va albatta bu holat o‘zgaruvchan bo‘ladi”, dedi Qantas Group bosh direktori Alan Joys.

Shuningdek, Joys “kelgusi yilda sezilarli darajada jiddiy yo‘qotishlar” bo‘lishidan ogohlantirdi. Kompaniya uchun bu yilgi yo‘qotishlarning aksariyati aktivlarni hisobdan chiqarish va zaxiralar bilan bog‘liq.

Koronavirus ta’sirining oqibatlaridan biri bu xodimlarning qisqarishi bo‘ldi. Iyun oyida Qantas Group guruhi koronavirus pandemiyasidan keyingi optimallashtirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar doirasida 6000 ishchini ishdan bo‘shatishini e’lon qildi.

Aviakompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu qisqartirishlarning uchdan ikki qismi sentabr oyi oxiriga qadar amalga oshiriladi. Bunday qisqartirish aviakompaniyaning inqirozgacha bo‘lgan umumiy sonining taxminan beshdan birini tashkil etadi. Ish joylarini qisqartirishdan tashqari yana 20 ming xodim vaqtincha ta’til olmoqda.

Dunyo bo‘ylab tashuvchilar milliardlab dollar yo‘qotish va o‘n minglab ish joylarining qisqartirilganligi haqida xabar berishdi. Dunyoning aksariyat mamlakatlaridan farqli o‘laroq, Avstraliya hukumati o‘z fuqarolariga va doimiy yashovchilarga mamlakatni tark etishni taqiqlab qo‘ydi.

Ichki sayohat Qantas Groupning daromadli yo‘nalishlaridan biridir. Sidney-Melbur parvozlari ayniqsa mashhur edi. Ammo hozir mamlakatning deyarli har bir shtati va hududi o‘z chegaralarini qolgan qismlarga yopib qo‘ydi, shuning uchun sayohat qilish imkoniyati minimal darajaga tushirildi. Poytaxt Kanberrada yo‘lovchilar soni shunchalik kamki, aeroport shanba kunlari yopiladi.