Jahon bankining xalqaro mezoni bo‘yicha O‘zbekistonda mutlaq kambag‘allik darajasi 2021-yildagi 4,4 foizdan 2025-yilda 2,3 foizgacha kamaygan.
O‘zbekistonda 2021–2025-yillarda 3,7 million nafar aholi kambag‘allikdan chiqdi.
Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan mamalakatlar uchun belgilangan kambag‘allik chegarasi bo'yicha kambag‘allik umumiy qisqarishining qariyb 40 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.
2021-yilda aholining 37 foizi o‘rta qatlamga mansub bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 72 foizdan oshdi.
2019–2024-yillarda O‘zbekiston aholisining 44 foizi yuqoriroq iqtisodiy toifaga o‘tdi.
Eng kam ta’minlangan oilalarda bandlik oshdi. Ushbu oilalardagi erkaklar orasida maoshli ishda ishlayotganlar ulushi 2022-yildagi 18 foizdan 2025-yilda 46 foizga yetdi.
Ehtiyojmand oilalarning yillik real ish haqi 11–12 foizga oshdi.
O‘zbekistonda kambag‘allik endi asosan qishloq joylarga xos xodisa emas: qishloq va shahar joylardagi kambag'allik darajasi o'rtasidagi farq deyarli to'liq yo'qolib, 5,9 foiz punktidan atigi 1,2 foiz punktigacha qisqardi.
Hisobotda qishloq hududlarida kambag‘allikning tezroq qisqarishi natijasida qishloq va shahar o‘rtasidagi kambag‘allik darajasidagi tafovut deyarli bartaraf etilgani ham alohida ta’kidlangan.
Endigi ustuvor vazifalar — aholi daromadlarini oshirish, barqaror va munosib bandlikni kengaytirish, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini kuchaytirish hamda erishilgan natijalarni mustahkamlash.