Jahon banki Oʻzbekiston iqtisodiyotining 2021-yildagi oʻsishi haqida

    Investitsiyalar 6 Yanvar 2021 1112

    Ekspertlarning xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiyotida 2021-yilda 4,3 foiz, 2022-yilda esa 4,5 foiz oʻsish kutilyapti ekan.

    Jahon bankining baholashicha, oktyabr oyidagi maʼruzada taʼkidlanganidek, 2020-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyoti 0,6 foizga oʻsgan.

    Jahon bankining yanvar oyidagi “Jahon iqtisodiyoti istiqbollari” mavzusidagi maʼruzasida Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda 4,3 foizga, 2022-yilda esa 4,5 foizga oʻsishi haqida eʼlon qilingan.

    Maʼruzaga muvofiq, umuman Markaziy Osiyoda bu yil iqtisodiy oʻsish surʼati 3 foizgacha tiklanadi. Bunga esa hududlarning Xitoy tomonidan taklif etilgan “Bir belbogʻ — bitta yoʻl” tashabbusida faol ishtirok etishi doirasida xomashyo va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya hajmining oʻsishi imkoniyat tugʻdiradi.

    Umuman olganda, 2021-yil davomida COVID-19ga qarshi vaksinaning keng miqyosda qoʻllanilishi davom etgan taqdirda, jahon iqtisodiyotining ushbu yilda 4 foizga oʻsishi kutilyapti.

    Ekspertlarning soʻzlariga koʻra, agar direktiv organlar pandemiyani jilovlash va investitsiyalarning oʻsishiga olib keluvchi islohotlarni amalga oshirish boʻyicha keskin choralar koʻrmas ekan, tiklanish sekin davom etadi, deb xabar beradi Review.uz