Jahon banki Oʻzbekistonga 35 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi

    Moliya 20 May 2025 820

    Mablagʻlar fuqarolar va xususiy sektorning geofazoviy maʼlumotlardan foydalanishini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish loyihasini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.

    Qayd etilishicha, Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi Oʻzbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni maʼqulladi.

    Ushbu loyiha davlat xizmatlarini raqamlashtirishni davom ettirishga koʻmaklashadi va butun mamlakat boʻylab hududiy rivojlanishga hissa qoʻshadi.

    Oʻzbekiston hukumati loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun 5,7 million dollar atrofida mablagʻ ajratadi. Loyiha Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan 2025-2030-yillarda amalga oshiriladi.