Uchrashuvda Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Qahramon Yuldashev, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi direktori Saidagzam Alimov, Jahon banki bosh iqtisodchisi Sergey Zorya, ekspert Sanjar Babayev hamda “BePro Dasturchilar Markazi” MCHJ Arxitektor kompaniyasi, vazirlik masul xodimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari ishtirok etdi.
Qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish tizimi Konsepsiyasida yer resurslarini boshqarish sohasida ekin turlari indentifikatsiyasi, hosilni prognozlashtirish; suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya samaradorligini aniqlash; agrosanoat majmuining moliyaviy resurslarini boshqarish kabi ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish belgilangan.
“Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashgan platformasini ilgʻor jahon tajribasiga muvofiq ishlab chiqish tadbirlariga Jahon bankining “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida dastlab jami 20 million dollar, shundan yer boshqaruvi tizimi uchun 8,2 million dollar, texnik taʼminot, uskunalar xaridi va infratuzilmani yaratishga 6,8 million dollar hamda suv resurslarini boshqarish tizimiga 5 million dollar yoʻnaltirishga rozilik olindi.
Taʼkidlash joizki, Jahon banki taqdim etilgan materiallar hamda arxitektor ishini talab darajasida ekanligini alohida maʼqullab oʻtdi.
Hozirda kompaniya tomonidan Agrosanoatni raqamlashtirish markazi bilan hamkorlikda “Raqamli qishloq xoʻjaligi yagona integratsiyalashgan platformasini yaratish” loyihasi boʻyicha agrosanoat majmuasiga kiruvchi 35 ta vazirlik va idora hamda vazirlik tizimidagi 14 ta tashkilotning raqamli infratuzilmalari, axborot tizimlari, biznes jarayonlari oʻrganildi.
Taʼkidlash joizki, Jahon banki Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi hamda Arxitektor kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ishni va taqdim etilgan materiallarni yuqori darajada ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.