WBC 61-konventsiyasi kun tartibida taʼlim, doping, hakamlik, xalqaro aloqalar, boks qoidalariga oʻzgartirishlar, reytinglar, chempionlik kamarlari, xayriya va jamoat tashabbuslari kabi qator masalalar oʻrin olgan.

WBC (Jahon boks kengashi) — professional boksga bagʻishlangan xalqaro tashkilot. WBC turli vazn toifalarida boks boʻyicha jahon chempionatlarini boshqaradi va tartibga soladi, antidoping testlarini oʻtkazadi, janglarni oʻtkazish qoidalari va standartlarini ishlab chiqadi, bokschilar manfaatlarini himoya qiladi. WBC, shuningdek, bokschilarni qoʻllab-quvvatlash va qiyin paytlarda yordam berishga qaratilgan xayriya va jamoat tadbirlarida faol ishtirok etadi.