Jahon bozorida neft narxi keskin oshdi

    Auksionda standart navdagi neftning jahon narxlari ko'tarilmoqda.

    Londonning ICE birjasida Brent markali neftning dekabr fyucherslari narxi 3,76 foizga oshib, bir barrel uchun 87,76 dollarni tashkil qildi.

    WTI markali neftning noyabr fyucherslari narxi 3,99 foizga oshib, barreli uchun 86,10 dollarni tashkil qildi.

    Eslatib o'tamiz, 5-oktabr kuni Brent neftining narxi bir barrel uchun 85 dollardan pastga tushgandi, deb xabar beradi tengrinews.kz.