Indoneziyada oʻtkazilishi belgilangan yoshlar oʻrtasidagi JCH-2023ga Argentina mezbonlik qiladi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi. Saytda yozilishicha, chempionatning oʻtkazilish sanalari oʻzgarmagan.

Oʻyinlar 20-may – 11-iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

Turnirga 21-aprel kuni FIFAning Shveysariyadagi qarorgohida qurʼa tashlanadi.

JCH-2023 Indoneziyada oʻtishi kerak edi. Lekin mahalliy aholining chempionatda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan Isroil yoshlar jamoasining bu mamlakatga kelishiga qarshiligi tufayli FIFA shunday qaror qabul qildi.

Oʻzbekiston yoshlar jamoasi turnirda Osiyo chempioni sifatida ishtirok etadi. Oʻylaymizki, futbolchilarimiz bu nomli oqlay oladi.