Jahon chempionatida ishtirok etuvchi sportchilarning dastlabki tarkibi eʼlon qilindi

    Ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi sportchilarning dastlabki kengaytirilgan tarkibi eʼlon qilindi.

    Ogʻir atletika boʻyicha milliy terma jamoa murabbiylar shtabi joriy yilning 2-17-sentyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonligida oʻtishi rejalashtirilgan, Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga qimmatli reyting ochko taqdim etadigan kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi sportchilarning dastlabki kengaytirilgan tarkibini eʼlon qildi.

    Xabaringiz bor, ushbu jahon chempionatida 110 dan ziyod davlatlardan 1 ming 500 yaqin sportchi qatnashishi, bu esa ogʻir atletika tarixidagi eng yirik musobaqa boʻlishi kutilmoqda. Sababi Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga saralanish uchun IWF ning ikki ishtirok etish majburiy boʻlgan musobaqalardan biri aynan joriy yilgi jahon birinchiligidir.

    Terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahram Mendibayev boshchiligidagi murabbiylar shtabi ayni damda Qozon (Rossiya Federatsiyasi) va Chirchiq shaharlaridagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etayotgan sportchilarning ruhiy va jismoniy holatidan kelib chiqib, Saudiyaga boradigan kengayritilgan tarkibni aniqlashdi.

    Eslatib oʻtamiz, ushbu tarkib kengaytirilgan, yaʼni yakuniy emas va oʻzgarishlar ehtimoli mavjud.

    Terma jamoa tarkibi esa quyidagicha:

    Ayollar: Panfilova Jamila, Abdullaeva Nigora, Abdullaeva Shahlo, Jabborova Tursunoy, Suvonova Nigora, Adashbaeva Rigina, Dadamirzaeva Gulshoda.

    Erkaklar: Ergashev Adhamjon, Yoqubov Doston, Toʻxtaev Ogʻabek, Toshtemirov Muhammadqodir, Zafarjonov Sarvarbek, Oʻsarov Sunnatilla, Nurudinov Ruslan, Amriddinov Sharofiddin, Joʻrayev Akbar, Jangabayev Rustam, Olimov Hojiakbar, Nomozov Qurbonmurod, Roʻzmetov Diyorbek, Nafasov Ogʻabek.