Joriy yil 6-13-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi Humo Arena majmuasida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatida mamlakatimizga ilk oltin medalni tuhfa etgan va jahon chempioni deya eʼtirof etilgan Davlat Bobonov ota yurti – Nurotaga keldi.
Nurota shahridagi “Chashma” majmuasida tashkil etilgan chempionni kutib olish marosimida viloyat va tuman hokimligi vakillari, sport ishqibozlari, jamoatchilik va yoshlar vakillari qatnashdilar.
Shundan soʻng D. Bobonov tugʻilib oʻsgan “Chuya” qishlogʻi tomon yoʻl olindi. Bu yerda chempion sharafiga dasturxon yozilib, bayram dasturi tashkil etildi.