Unda Oʻzbekiston Yilqichilik va ot sport federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev va terma jamoa chavandozlari – Bekzod Qurbonov, Aʼzam Tolibboyev, Xurshidbek Alimjonov, Umid Komilov, Oqiljon Sobirjonov hamda Alyona Derevyankolar ishtirok etmoqda.
120 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash bahslarida hamyurtimiz Bekzod Qurbonov Santos Xeppika laqabli oti bilan 1-oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrin qirgʻizistonlik Andrey Tryapisinga, uchinchi oʻrin esa qozogʻistonlik Ayan Ganiga nasib etdi.
140 sm kvalifikatsiya beruvchi Gran-Pri bellashuvlarida Bekzod Qurbonov Matts laqabli otida 59.15 soniya natija koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Xurshidbek Alimjonov Chempions League laqabli otida kumush (59.77 soniya) medalga sazovor boʻldi.
Ot yoʻrttirish bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasi ilk medalni qoʻlga kiritishdi. Alyona Derevyanko va uning Red Daymond laqabli oti 67,142 % natija koʻrsatib, bronza medali sohibi boʻlishdi.