Kecha musobaqaning dastlabki kungi bahslari tashkil etildi va unda oʻzbekistonlik toʻrt nafar sportchi shohsupaga koʻtarildi.

Jangovar sambo musobaqasida hamyurtimiz Bahodir Boqiyev  (-58 kg) barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi. Shuningdek, terma jamoamiz aʼzolaridan Homidjon Moʻminov (sportcha sambo, -64 kg), Dilshod Choriyev (sportcha sambo, -98 kg) va Hakimjon Ismoilovlar (jangovar sambo, +98 kg) finalgacha yetib borishdi va kumush medalga sazovor boʻldi.

Musobaqalar davom ettiriladi.