AKFA Universiteti o'z faoliyatining birinchi kunidan o'z ta'lim dasturlari va diplomlarini xorijda tan olinishi uchun xalqaro akkreditatsiyadan o'tishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan edi. Afsuski, hozircha mamlakatimizda JTTF talablariga asosan oliy ta'lim muassasalarining ta'lim dasturlarini akkreditatsiyadan o'tkazadigan tashkilot mavjud emas.

Universitet ma'muriyati JTTF va Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi o'rtasida muzokaralar o'tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Muzokaralarning asosiy maqsadi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan tibbiyot o'quv dasturlarini akkreditatsiyadan o'tkazuvchi JTTF tomonidan tan olgan tashkilot maqomini olishdan iboratdir.

Onlayn muzokaralar doirasida AKFA Universiteti, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi va JTTF vakillari inspektsiya tomonidan tibbiyot o'quv dasturlarini akkreditatsiyadan o'tkazuvchi tashkilot maqomini olish va bunday maqomni olish jarayonlarini muhokama etdi.

AKFA Universitetining yuridik bo'lim rahbari Iroda Sodiqovaning ta'kidlashicha, inspektsiya tomonidan xalqaro JTTF tomonidan tan olgan tashkilot maqomini olish inspektsiyaga milliy va xorij universitetlarining tibbiyot ta'lim dasturlarini akkreditatsiyadan o'tkazish imkoniyatini beradi.

Jahon tibbiyot ta'limi federatsiyasi (JTTF) xalqaro tashkilot bo'lib, uning asosiy vazifasi butun dunyoda tibbiyot ta'lim dasturlarining sifatini oshirishdan iboratdir.