• Xalqaro frilanserlik bozoridagi oʻrtacha ish haqi soatiga 21 AQSH dollari;
  •  
  • Frilanserlarning 70 foizdan koʻpi 35 yoshdan kichik, 21 foizi esa 25 yoshga ham toʻlmaganlar tashkil qilarkan;
  • Masofadan ishlovchilar tajribasini oshirib, yana-da koʻp daromad topishni istashar ekan. Bu ayniqsa, soatiga haq oladiganlar orasida koʻp;
  • Faqatgina frilanserlik orqasidan kun koʻruvchilar, boshqalarga qaraganda koʻproq pul topar ekan va ular oʻz hayotlaridan hamisha mamnun yurishadi;
  • Bozorda eng katta talab — grafik va veb dizayn, undan keyin esa IT va dasturlash turar ekan;
  • Oliy maʼlumotli frilanserlar, oʻrta maʼlumot yoki bakalavr diplomga ega mutaxassislardan koʻproq pul topadi;
  • Ayol frilanserlar erkaklarga qaraganda 15 foiz kamroq daromadga ega boʻlar ekan.

Qaysi sohalarda frilanserlarga talab katta?

Bu borada Veb-dizayn, dasturlash va IT yetakchilik qilmoqda.

Kimlar eng koʻp haq oladi?

Bu roʻyxatda birinchi oʻrinda Project Manager, yaʼni ishlarni tashkil qiluvchi boʻlib, ular soatiga oʻrtacha 28 AQSH dollari olishadi. Undan keyingi oʻrinni soatiga 25 AQSH dollari oluvchi media sohasi mutaxassislari, sotuv boʻyicha menejerlar va dasturchilar egallaydi. Uchinchi oʻrinda esa marketologlar, moliyachilar hamda IT mutaxassislar soatiga 23 AQSH dollari olar ekanlar.

Dunyo frilanserlarining 83 foizi uydan turib ishlasa, qolgan 17 foizi esa kafe, kovorking, kutubxona yoki boshqa hududlarda ish olib borar ekan.