Jahonda soʼnggi oq jirafa qoldi. Jirafani brakonьerlardan himoya qilish uchun unga GPS-treker biriktirildi. 2020 yil mart oyida mazkur turga mansub 2 ta jirafa brakonьerlar tomonidan oʼldirilgan.
Reyndjerlar trekerdan keladigan tovushni sputnik orqali oladilar. Shu tariqa jirafaning joriy holati hamda harakati kuzatiladi.
Oq jirafalar ilk bora 2016 yilda Keniya hamda Tanzaniyada kuzatilgan.
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi maʼlumotlariga koʼra, jirafalar yoʼqolib ketish xavfi ostida qolgan tur sifatida roʼyxatga kiritilgan. Butun dunyoda 68 mingdan ortiq bosh jirafalar qolgan.