Transfer markt nashrida bugungi kunda eng qimmat tarkibga ega klublar roʻyxati eʼlon qilindi. Uning boshida “Manchester Siti” turibdi. Ushbu jamoa oʻyinchilarining umumiy bahosi 1 milliard 5 million yevroni tashkil etadi.

Ikkinchi oʻrinni band etgan “Chelsi” jamoasi oʻyinchilari narxi sitiliklardan 3 million yevro kam – 1 milliard 2 million yevro. Kuchli uchlikdan “Bavariya” ham joy olgan. Nemis jamoasi futbolchilarining umumiy bahosi 980 million yevro deb baholangan.

Keyingi oʻrinlar quyidagi koʻrinishga ega:

“Arsenal” – 890 million yevro;

PSJ – 883 million yevro;

“Liverpul” – 879 million yevro;

“Real” Madrid – 861 million yevro;

“Manchester Yunaytet” – 796 million yevro;

“Barselona” – 767 million yevro;

“Tottenxem” – 680 million yevro.

Koʻrib turganingizdek, eng qimmat tarkibga ega jamolar oʻnligining 6 tasi Angliya klublari.