Shu sababli reaktor elektr energiyasini ishlab chiqara olmaydi va tarmoqqa uzata olmayapti.

Yaponiya OAV maʼlumotlariga koʻra, reaktorni dastlab yanvar oyida ishga tushirish rejalashtirilgan edi. Biroq texnik muammolar tufayli jarayon kechiktirilib, faqat 9-fevral kuni ishga tushirishga erishilgan.

15-fevraldan sinov rejimida elektr energiyasi ishlab chiqarish boshlanishi kutilgan edi. Ammo neytronlarni boshqaruvchi uskunalardan biri ishdan chiqqan. Shu bois AESni toʻliq ishga tushirish kamida yarim kunga kechiktirilishi maʼlum qilindi.

Rejaga koʻra, reaktor 18-mart kuni sanoat miqyosida ishga tushirilishi lozim. Ayni paytda mazkur muddatlar oʻzgarishi yoki oʻzgarmasligi boʻyicha rasmiy izoh berilmagan.

Maʼlumot uchun, “Kasivadzaki-Kariva” AES 2011-yilda Fukusima-1 atom elektr stansiyasidagi avariyadan soʻng faoliyatini toʻxtatgan edi.