Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi

    Mamlakatimizda 15 Yanvar 2021 1697

    Toshkent shahar hokimining 2021 yil 14 yanvardagi 21-sonli qaroriga muvofiq, Ibrohimov Jahongir Bahodirovich Yunusobod tumaniga hokimi lavozimiga tayinlandi.

    Ibrohimov Jahongir Bahodirovich 1982 yilda Toshkent viloyatida tug'ilgan. 2006 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

    Jahongir Ibrohimov 2017-2020-yillarda Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari, 2020-2021-yillarda Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi lavozimida ishlagan.