Uchrashuvda shahar hokimining oʻrinbosari Sh.Rahmonov, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari v.v.b Sh. Rahimjonov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Oʻzaro muloqot davomida 7 yil davomida amalga oshirilishi moʻljallangan “Toshkent suv taʼminoti tizimini transformatsiyasi rejasi” ijrosining moliyaviy taʼminoti borasida fikr almashildi. Tomonlar protsessual masalalar va ularni hal etish chora-tadbirlarini koʻrib chiqdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.