20-aprel kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev ishtirokida “Ekvium-Oʻzbekiston” hamjamiyat vakolatxonasining rasmiy ochilishi boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida, shuningdek, 70 dan ortiq rossiyalik va 200 dan ortiq mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.

“Ekvium-Oʻzbekiston” biznes klubi Jahongir Ortiqxoʻjayevni Oʻzbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun “Oltin sher” mukofoti bilan taqdirladi.

Xamjamiyatning yaqin kelajakdagi rejalari Oʻzbekiston bozorini oʻrganish, mahalliy biznes-hamjamiyatlar va tadbirkorlar bilan oʻzaro aloqalarni shakllantirish, ishtirokchi kompaniyalar taqdim etayotgan xizmat va tovarlarning Oʻzbekiston bozoridan oʻrin olishiga erishish hamda kelgusi savdo-investitsiya hamkorligini rivojlantirish uchun sheriklarni izlash kabi vazifalardan iborat.