Maʼlum qilinishicha, joriy yilning sentyabridan poytaxtimiz issiqlik tizimida qator oʻzgarish va yangilanishlar boʻlishi rejalashtirilmoqda. Xususan, loyiha asosida tizimdagi ish boshqaruvi oʻzgaradi. 30 yilga moʻljallangan loyiha texnik, texnologik yangilanish va ish uslublarining yangi bosqichga oʻtishini nazarda tutadi.

Uchrashuvda Veolia kompaniyasining Toshkentdagi masʼul vakili va ishchi guruh bilan joriy yil davomida rejalashtirilgan uchrashuv va tadbirlar haqida ham soʻz yuritildi. Mart-aprel davomida hujjatlarni atroflicha oʻrganish, tegishli xulosalar olish va mutasaddi tashkilotlar bilan kelishish kabi jarayonlar toʻliq yakunlansa, may oyida tegishli shartnoma imzolanadi va sentyabrdan amaliy jarayonga kirishiladi.

Tomonlarning navbatdagi uchrashuvi 9-mart kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.