Futbolchilar transferi bilan shug'ullanadigan  Transfermarkt portali “PSJ” va Frantsiya milliy termasi hujumchisi Kilian Mbappeni  jahonning eng qimmat o'yinchisi deb topdi. Uning transfer qiymati 160 million evroga baholandi.

“Borussiya” Dortmundning norvegiyalik hujumchisi erling Holand  130 million evro narx bilan bu ro'yxatning ikkinchi, “Tottenhem” va Angliya termasi hujumchisi Harri Keyn 120 million evro narx bilan uchinchi pag'onasidan joy oldi.

SHu o'rinda aytish joizki, “Barselona” forvardi Lionel` Messining tranfer narxi 80 million evroga (17-22-o'rin), “YUventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning transfer qiymati 45 million evroga (95-115-o'rin) baholangan.

Quyida Transfermarkt  talqini bo'yicha jahonning eng qimmat futbolchilari reytingini e'lon qilyapmiz:
1. Kilian Mbappe (“PSJ”) – 160 million evro
2. erling Holand (“Borussiya” Dortmund) – 130 million evro
3. Harri Keyn (“Tottenhem”) – 120 million evro
4-8. Jeydon Sancho (“Borussiya” Dortmund) – 100 million evro
4-8. Muhammad Saloh (“Liverpul`”) – 100 million evro
4-8. Romelu Lukaku (“Inter”) – 100 million evro
4-8. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) – 100 million evro
4-8. Neymar (“PSJ”) – 100 million evro
9-13. Frenki de Yong (“Barselona”) – 90 million evro
9-13. Brunu Fernandesh (“Manchester YUnayted”) – 90 million evro
9-13. Yozua Kimmix (“Bavariya”) – 90 million evro
 9-13. Rahim Sterling (“Manchester Siti”) – 90 million evro
9-13. YAn Oblak (“Atletiko”) – 90 million evro.