Animatsion filmlar turkumi qiziqarli vaqealarga boy. Film Olimjon va uning doʻstlari Bahodir, Farhod, Muxlisa va Madinalarning boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Multfilmning asosiy gʻoyalaridan biri bolajonlarda kitobxonlikka qiziqish uygʻotishdir.
Ssenariy muallifi va rassom Shuhrat Asaev, rejissyor Jasurbek Boʻtayevlar ijodiy hamkorligida yaratilgan mazkur multfilm jajji bolajonlarimizni kitoblar olamiga chorlashi, sevimli qahramonlar sarguzashtlariga oshno qilishi, shubhasizdir.